O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilgan “Turkiston albomi (1871−1872)” va “Xudoybergan Devonovning Xorazm vohasi fotosuratlari (1879−1937)” YUNESKOning “Jahon xotirasi” ro‘yxatiga kiritildi.
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga modernizm davriga oid yangi 10 ta bino kiritilishi, 10 tasining maqomi o‘zgartirilishi kutilmoqda. Ular orasida “O‘zbekiston” mehmonxonasi, “Kosmonavtlar” metro bekati va Aviasozlar saroyi bor.
Venetsiyadagi Ka Foskari universitetida “Shakl va ramz” ko‘rgazmasi ochildi. “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” loyihasining ikkinchi bo‘limi hisoblangan namoyishda Turkiston avangardining evolyutsiyasi haqida so‘z boradi.
Toshkent shahri Beruniy-1 massivida mozaika chizilgan binodan reklama bannerlari olib tashlandi. Bu mozaik pannolar madaniy meros obyektlari qatoriga qo‘shilganidan buyon yuz bergan bu kabi kamida ikkinchi holat. Foto.
Florensiyadagi Pitti saroyida “Nur va rang” ko‘rgazmasi ochildi. U “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” loyihasining bir qismi bo‘lib, Yevropa jamoatchiligini ilk bor Toshkent va Nukus san’at muzeylari kolleksiyalaridagi rus va “sharq” avangard asarlari bilan tanishtirmoqda.
Mart oyida qabul qilingan qaror bilan endi mozaik pannolar madaniy meros obyektlari hisoblanadi, ular chizilgan binolarga esa reklama bannerlari o‘rnatish taqiqlanadi. Shu sababli 5-aprel kuni Mirobod ko‘chasida joylashgan mozaikali binodan reklama banneri olib tashlandi. Foto.
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi jamoatchilikni binolardagi himoya va asrab-avaylashga muhtoj mozaika va pannolar haqida xabar berishga chaqirdi.
O‘zbekiston Yaponiyada o‘tadigan Expo Osaka 2025 Butunjahon ko‘rgazmasida ishtirok etadi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi milliy pavilon qurilishi boshlanganini ma’lum qildi. Shuningdek, 2024-yilda Tadao Ando loyihasi bo‘yicha Davlat san’at muzeyi uchun yangi bino qurilishi boshlanadi.
Qatarning Doha shahridagi dizayn biyennalesida “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazmasi ochildi. Unda 49 ta qo‘l mehnati namunasi, jumladan yog‘och, ikat shoyisi va baxmal matosidan tayyorlangan buyumlar o‘rin olgan. Ko‘rgazma ochilishida prezident yordamchisi Saida Mirziyeyova ham qatnashdi.
Xitoyning Xanchjou shahrida XIX Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi”ni 86 mingdan ortiq kishi tomosha qildi. Unda O‘zbekistonning 20 ta muzey eksponati, jumladan, an’anaviy o‘zbek so‘zanasi, chopon va zargarlik buyumlari namoyish etildi.
Buxoro shahridagi “Hovli poyon” uyida O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ishtirokida jadidchilik tarixiga bag‘ishlangan ilk muzey tashkil etilmoqda. Bu uy O‘rta Osiyo jadidchiligi yetakchilaridan biri Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayevga tegishli bo‘lgan.
18-Venetsiya arxitektura biyennalesining ochilishida O‘zbekiston “Unbuild Together: Archaism vs. Modernity” loyihasini taqdim etdi. Loyihaga Fransiyaning Studio KO byurosi kuratorlik hamda Toshkentdagi Aju universiteti hamkorlik qilmoqda.
Parijdagi Luvr muzeyida O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma yakunlandi. Noyabr oyida uning ochilishida Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron ishtirok etgandi. Shu vaqt oralig‘ida ekspozitsiyaga 260 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi.
Uyg‘onish davri jahon san’ati durdonalari jamlangan Florensiyadagi mashhur Uffitsi galereyasida 2024 yilda Nukusdagi Savitskiy muzeyi kolleksiyasidagi asarlar ko‘rgazmasi namoyish etiladi. Bu borada galereya va O‘zbekiston madaniyat va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi o‘rtasidagi memorandum imzolandi.
O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Fransiyaning Studio KO arxitektura byurosi tomonidan Zamonaviy san’at markazi binosini rekonstruksiya qilish va Toshkentning tarixiy mahallalarida ikkita art-rezidensiya yaratish loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Loyihalarni 2023 yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Vazirlar Mahkamasining Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati tarkibiga kiritildi. Jamg‘armaning moliyalashtirish tartiblari, asosiy vazifalari o‘zgarishsiz qoldi.
Rossiyalik biznesmen va metsenat Alisher Usmonovning «San’at, fan va sport» xayriya jamg‘armasi O‘zbekiston madaniy merosini saqlab qolish, shu jumladan, Toshkentda modernizm me’morchiligini qayta tiklash bo‘yicha loyihalarni qo‘llab-quvvatlamoqda. O‘tgan asrning 60−80 yillarida poytaxtda qurilgan binolarga tashqi jozibadorlik taqdim etib, funksional jihatdan takomillashtiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting